# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 1-modda. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeks, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iboratdir. Ushbu Kodeks qoidalari mazkur Kodeksga kiritilmagan qonunchilik hujjatlarida sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)