# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 10-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik tushunchasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/10 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Maʼmuriy huquqbuzarlik deganda qonunchilikka binoan maʼmuriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi gʻayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik oʻz xususiyatiga koʻra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻlmagan taqdirda, amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)