# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 108-modda. Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/108 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Karantin ostidagi mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)