# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 11-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/11 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Basharti maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz harakati yoki harakatsizligi gʻayrihuquqiy ekanligini bilgan boʻlsa, uning zararli oqibatlariga koʻzi yetgan, yuz berishini istagan boʻlsa yoki bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yoʻl qoʻygan boʻlsa, bunday maʼmuriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)