# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 114-modda. Temir yoʻl transporti vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/114 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Zarurat boʻlmay turib, oʻzboshimchalik bilan poyezdni toʻxtatish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Yuk poyezdlarida oʻzboshimchalik bilan yurish, poyezd yurib ketayotganda poyezdga chiqish va poyezddan tushish, vagonlarning zinapoyalarida va tomlarida ketish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)