MJK · 116-2-modda

116-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish

Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, (bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno), —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.