# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 121-modda. Transport vositalarining ichki jihozlariga shikast yetkazish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/121 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Lokomotivlar, vagonlar, daryo va havo kemalari, xuddi shuningdek hamma turdagi maxsus transportlarning oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Avtobuslarning, taksilarning, marshrut taksilarining, shahar elektr transportining va metropoliten vagonlarining oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)