MJK · 125-2-modda

125-2-modda. Boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuklarni va (yoki) yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish

Xorijiy tashuvchilarga tegishli boʻlgan, shu jumladan ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yoʻlovchilar va yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar oʻrtasida tashish (kabotaj), agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlarda tashish bilan avtotransport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab oʻtishi va tegishli tashish turini amalga oshirishi huquqini beruvchi ruxsatnomasiz shugʻullanish, ruxsatnoma toʻldirish boʻyicha talablarni buzish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit harakatlanish uchun moʻljallangan yoʻnalishlarga rioya etmaslik, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.