# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 128-3-modda. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/128-3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq, lekin 60 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, — bazaviy hisoblash miqdorining toʻqqiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni oʻlchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometri koʻrsatkichlaridagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, ularda qayd etilgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)