MJK · 128-4-modda

128-4-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan toʻxtash chizigʻini bosib kirishi va oʻtishi

Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yoʻlning qatnov qismidagi yoʻl chiziqlari yoki yoʻl belgilari bilan belgilangan toʻxtash chizigʻini bosib kirish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.