# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 132-modda. Kema haydovchilarining kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/132 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kema haydovchilari tomonidan kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarish, shuningdek kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni boshqarishni alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik vositasi taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holdagi shaxslarga topshirish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)