MJK · 133-1-modda

133-1-modda. Kemalar, shuningdek kichik hajmli kemalar haydovchilarining kemalar yoki kichik hajmli kemalarning harakat (suzish) xavfsizligi qoidalarini buzishi

Kemalar, shuningdek kichik hajmli kemalar haydovchilarining kemalar yoki kichik hajmli kemalarning harakat (suzish) xavfsizligi qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.