# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 133-1-modda. Kemalar, shuningdek kichik hajmli kemalar haydovchilarining kemalar yoki kichik hajmli kemalarning harakat (suzish) xavfsizligi qoidalarini buzishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/133-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kemalar, shuningdek kichik hajmli kemalar haydovchilarining kemalar yoki kichik hajmli kemalarning harakat (suzish) xavfsizligi qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)