# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 135-1-modda. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning talablarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/135-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, xuddi shuningdek faqat mazkur sugʻurta polislarida koʻrsatilgan haydovchilar ayni shu transport vositalarini boshqarishi toʻgʻrisida mazkur sugʻurta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda transport vositalarini boshqarish, — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)