# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 144-modda. Transportda chiptasiz yurish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/144 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yoʻlovchining transportda chiptasiz yurishi, oʻn yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolalarni chiptasiz olib yurish: a) shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, — bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi, b) mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda besh yoshdan oʻn yoshgacha boʻlgan bolalarni chiptasiz olib yurish — bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Yoʻlovchilarning samolyotda chiptasiz yurishi — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Shaharlararo qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Yoʻlovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)