# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 145-modda. Yoʻlovchilarni chiptasiz tashish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/145 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Havo, temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni chiptasiz tashish — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Suv, avtomobil transportida va shahar elektr transportida yoʻlovchilarni chiptasiz tashish — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)