MJK · 148-modda

148-modda. Temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza qilish qoidalarini buzish

Temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari uchun ajratilgan mintaqalarda temir yoʻl organlari va yoʻl organlari bilan kelishmay turib yerni haydash, oʻt oʻrish, chimlarni olib tashlash va tuproq olish, sanoat, melioratsiya suvlarini va oqova suvlarni suv qochirish inshootlariga va rezervlariga oqizish, shuningdek ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqish, yogʻoch koʻpriklar va taxta toʻshamali koʻpriklarda chekish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrtdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.