# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 160-1-modda. Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/160-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqarolar tomonidan turar joylarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida vaqtincha boʻsh turgan joy sifatida hisobga qoʻyish tartibini buzish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)