MJK · 17-2-modda

17-2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi

Ushbu Kodeks 227-10-moddasining ikkinchi qismida va 227-13-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, deklarant yoxud uning ishonchli vakili maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu Kodeks 227-16-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, bojxona organi oldidagi majburiyatni oʻz zimmasiga olgan shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu Kodeks 227-22-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, deklaratsiyalovchi shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, bunda, agar mazkur huquqbuzarlik bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri axborot koʻrsatilganligi oqibatida sodir etilgan boʻlsa, tegishli hujjatlarni va axborotni taqdim etgan deklarant yoxud uning ishonchli vakili maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishda huquqbuzarlik takroriy sodir etilganligi eʼtiborga olinmaydi, bundan ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.