MJK · 176-2-modda

176-2-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektning manzili, bank rekvizitlari oʻzgarganligi yoki qayta roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etmaslik yoki yolgʻon maʼlumotlarni taqdim etish

Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan pochta manzili (joylashgan yeri), bank rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi yoki oʻzi qayta roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻn kunlik muddat ichida vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoxud yolgʻon maʼlumotlarni taqdim etish—

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.