# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 176-3-modda. Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/176-3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)