# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 18-modda. Zaruriy mudofaa > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/18 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeksda yoki maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilovchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan, lekin zaruriy mudofaa holatida, yaʼni shaxsni yoki mudofaalanuvchining yoxud boshqa shaxsning huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini gʻayrihuquqiy tajovuzlardan shunday tajovuz qilayotgan shaxsga zarar yetkazish yoʻli bilan himoya qilish vaqtida, basharti bunda zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib ketilishiga yoʻl qoʻyilmagan boʻlsa, sodir etilgan harakatlar maʼmuriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)