# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 180-modda. Sudga hurmatsizlik qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/180 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** IKKINCHI BOʻLIM MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK VA MAʼMURIY JAVOBGARLIK **bob:** XIV bob. ODIL SUDLOVGA TAJOVUZ QILUVCHI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK Guvoh, jabrlanuvchi, daʼvogar, javobgar, ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan boʻyin tovlashida yoki mazkur shaxslarning va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchi farmoyishiga boʻysunmasligida yoxud sud majlisi paytida yoki sud binosida tartibni buzishda oʻz ifodasini topgan sudga hurmatsizlik — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)