MJK · 185-1-modda

185-1-modda. Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi

Pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.