# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 185-1-modda. Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/185-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)