# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 187-1-modda. Jamoat joylarida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/187-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jamoat joylarida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish, bundan retsept asosida tibbiy maqsadlarda isteʼmol qilish mustasno, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)