# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 189-2-modda. Jins boʻyicha kamsitishni targʻib qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/189-2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jins boʻyicha kamsitishni targʻib qilish, shu jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etish, ushbu mazmundagi qarashlarni, gʻoyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, xuddi shuningdek bunday xatti-harakatlarni omma oldida oqlash va (yoki) ragʻbatlantirish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)