# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 19-modda. Oxirgi zarurat > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/19 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeksda yoki boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan, huquqlarga hamda qonun bilan himoya etiladigan manfaatlarga zarar yetkazgan, oxirgi zarurat holatida, yaʼni shaxsga yoki mazkur shaxsning yoxud boshqa shaxsning huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid etayotgan xavfni, basharti bu xavfni oʻsha holatda boshqacha choralar bilan bartaraf etib boʻlmasa hamda yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq boʻlsa, bartaraf etish uchun sodir etilgan harakatlar maʼmuriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)