# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 195-2-modda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/195-2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda olingan foto- va (yoki) videotasvirini ularning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)