# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 197-1-modda. Advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/197-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Advokat soʻroviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslikda, oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoxud bila turib yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot (hujjatlar) taqdim etishda ifodalangan tarzda advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga toʻsqinlik qilish yoki uning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) manfaatlariga zid boʻlgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda boʻlmasin taʼsir oʻtkazish — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)