# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 197-7-modda. Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/197-7 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda taʼsir oʻtkazish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)