# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 198-3-modda. Vazirliklar va idoralarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarini amalga kiritish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/198-3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni vazirliklar va idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga kiritish, — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)