# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 198-4-modda. Adliya organlarining bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarini bajarmaslik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/198-4 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Adliya organlarining bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan oʻz vaqtida yoki toʻliq bajarmaslik, bundan ushbu Kodeksning 215-5-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)