# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 198-7-modda. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijalari boʻyicha tayyorlangan yakuniy hujjatni koʻrib chiqmaslik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/198-7 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jamoatchilik nazorati natijalariga koʻra, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan tayyorlangan yakuniy hujjatni koʻrib chiqmaslik yoki uni koʻrib chiqish muddatini uzrli sabablarsiz buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)