# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 200-1-modda. Ommaviy tadbirlar oʻtkazish qoidalarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/200-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ommaviy tadbirlar oʻtkazish qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)