MJK · 203-modda

203-modda. Bayroqlar va vimpellardan gʻayriqonuniy foydalanish, plakatlar, emblemalar va ramzlarni tayyorlash, tarqatish yoki taqib yurish

Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan bayroqlar va vimpellardan jamoat joylarida foydalanish, xuddi shuningdek mazmuni davlat va jamoat tartibiga, fuqarolarning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazishga qaratilgan plakatlar, emblemalar va ramzlarni tayyorlash, tarqatish yoki taqib yurish —

mazkur ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy emblemalari va farqlovchi belgilaridan qonunga xilof ravishda foydalanish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.