# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 203-1-modda. Davlat ramzlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/203-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)