# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 205-modda. Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/205 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Favqulodda holat eʼlon qilingan joylarda mish-mishlar tarqatish va huquq-tartibotni buzishga undovchi yoki milliy adovatni avj oldiruvchi boshqa harakatlar, fuqarolar va mansabdor shaxslarning oʻz qonuniy huquqlari va burchlarini amalga oshirishlariga faol toʻsqinlik qilish, xuddi shuningdek ichki ishlar organlari xodimining, harbiy xizmatchi yoki jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarayotgan boshqa shaxslarning qonuniy farmoyishi yoki talabiga qasddan boʻysunmaslik yoxud jamoat tartibini va fuqarolar osoyishtaligini buzadigan boshqa shunga oʻxshash harakatlar yoki maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻttiz sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)