# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 21-1-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/21-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan shaxs, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish natijasida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan boʻlsa, maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi. Ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi masala, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish oqibatida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan boʻlsa, ushbu Kodeks 19-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)