# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 21-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/21 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli boʻlgan taqdirda, sud huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin. Agar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi haqida xulosaga kelsa, ish huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ushbu Kodeksning 308-1-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)