# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 215-1-modda. Korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/215-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi materiallarni mansabdor shaxslar tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organlariga taqdim etmaslik yoki vaqtida taqdim etmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)