MJK · 215-3-modda

215-3-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibini buzish

Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida qonunchilikka muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan soliq toʻlovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish tartibining koʻrsatilgan axborotni taqdim etmaslikda, oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib koʻrsatgan holda taqdim etishda ifodalangan buzilishi —

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.