# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 218-modda. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/218 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoxud nashr etishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish — bosma yoki boshqa mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)