# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 219-1-modda. Rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/219-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish, — rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)