# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 219-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/219 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yoki tarkibida shunday metall hamda toshlar boʻlgan buyumlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ulardan foydalanish chogʻida qabul qilib olish, sarflash, hisobga olish, saqlash, ularning parchalari va chiqindilarini toʻplash hamda Davlat fondiga topshirish qoidalarini, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamgʻalash tartibini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)