# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 225-1-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi sud qarorini bajarmaslik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/225-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisida qabul qilingan sud qarorlarini bajarmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)