# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 226-modda. Chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/226 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat etishning belgilangan tartibini buzish — qonunga xilof ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Belgilangan tartibni buzgan holda chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)