MJK · 227-1-modda

227-1-modda. Bojxona chegarasini kesib oʻtganlik toʻgʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojxona organiga xabar berish tartibini buzish

Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib oʻtganlik toʻgʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojxona organiga xabar bermaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojxona organiga notoʻgʻri xabar berish, agar bunday xabar bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olingan boʻlsa, xuddi shuningdek tovarlar va transport vositalarini belgilangan joyga hamda belgilangan vaqtda yetkazib bermaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.