# Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks — 227-10-modda. Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/MJK/227-10 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish, yaʼni deklaratsiyalash shakli, joyi va uni amalga oshirish taomili haqidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Bojxona organiga tovarlar va transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasini, xuddi shuningdek hujjatlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/MJK)