MJK · 227-12-modda

227-12-modda. Bojxona organiga hisobotlarni taqdim etmaslik va hisob-kitob yuritish tartibiga rioya qilmaslik

Bojxona nazorati ostida yoxud erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududida boʻlib, olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan, kelib tushayotgan, saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan, tayyorlanayotgan, sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlar haqida belgilangan tartibda bojxona organiga zarur hisobotlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek bunday tovarlar hisob-kitobini yuritish tartibiga rioya etmaslik, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.